Rossiyada qisqa muddatli universal elektron viza joriy etiladi
Ushbu viza bilan Rossiya hududida 16 sutkagacha yurish mumkin.

Rossiya Davlat dumasi 2021 yil 1 yanvardan universal yagona elektron viza joriy etilishi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Hujjatga ko‘ra, Rossiyaga turistik, ish bilan, mehmonga va gumanitar maqsadlarda keladigan xorijliklar uchun bir martalik elekrton viza joriy etiladi.
Elektron viza ariza berilgan kundan boshlab 4 kun muddat ichida rasmiylashtiriladi. U ikki oy muddatgacha amal qiladi.
Ushbu viza bilan Rossiya hududida 16 sutkagacha bo‘lishga ruxsat beriladi.
Ilk bor ayrim davlatlar fuqarolari uchun elektron vizalarni berish 2017 yilda Uzoq Sharq federal okrugiga keluvchilar uchun berila boshlangandi. So‘ngra xuddi shunday loyiha Kaliningrad oblastida, 2019 yil oktyabrdan esa Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida yo‘lga qo‘yildi.
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025