Jismoniy tarbiya va sport universitetiga qabulda suzish imtihoni bekor qilindi
Pandemiya sharoitini inobatga olib, O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetiga qabulda suzish bo‘yicha normativlar topshirilmaydigan bo‘ldi.
Bu haqda universitet rektori Mahmudjon Boltaboyev 10 avgust kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«O‘tgan yili ijodiy imtihonlar uchta – umumiy taktik tayyorgarlik, umumiy jismoniy tayyorgarlik va suzish sport turlaridan o‘tkazilgan bo‘lsa, suzish karantin qoidalariga to‘g‘ri kelmagani uchun bu sport turi ijodiy imtihonlar tarkibidan chiqarilib, uning 33 balining 3 bali birinchi taktik tayyorgarlikka, qolgan 30 balini bevosita umumiy jismoniy tayyorgarlik qismiga berildi.
Abituriyentlar 2ta kasbiy-ijodiy imtihon topshiradi. Umumiy taktik tayyorgarlikdan maksimal ball – 96, umumiy jismoniy tayyorgarlikdan esa maksimal ball – 93 etib belgilandi», – deya Boltaboyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, ijodiy imtihonlar viloyatlar kesimida tashkillashtiriladi. Har bir abituriyent uchun normativlarni topshirishga o‘rtacha 1 soat-u 20 daqiqa vaqt ajratiladi.
Rektorning qo‘shimcha qilishicha, universitetga o‘tgan yili 9100dan ortiq abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 19 407 nafarga yetgan.
19 407 nafar abituriyentdan aksariyat qismi – 15 005 nafari ijodiy imtihon topshiradi.

Mavzuga oid

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

11:14 / 11.06.2025
Qashqadaryoda maktab o‘qituvchisi bitiruvchilarga imtihon javoblarini sotgani aytilmoqda

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

20:18 / 27.03.2025