Lukashenko va Putin telefonda gaplashdi

Foto: TASS
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon muloqotini o‘tkazdi. Bu haqda Belarus prezidenti axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, tomonlar Belarusda bo‘layotgan voqealarni muhokama qilishgan. Suhbat qaysi tomonning tashabbusi bilan amalga oshirilgani aniq emas. Suhbatning detallari haqida ham ma'lumot berilmagan.
Oldinroq Aleksandr Lukashenko Belarusda bo‘layotgan voqealarni Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muhokama qilishi kerakligini aytgan va belaruslar dosh berolmasa, bu to‘lqin «u tomon siljiydi» deb, Rossiyaga ishora qilgandi.
Belarusda 9 avgustda yakunlangan prezidentlik saylovlaridan buyon norozilik namoyishlari davom etmoqda. Saylovda 80 foizdan ko‘proq ovoz olgan Aleksandr Lukashenko g‘olib bo‘lgan, 10 foizdan ko‘proq ovoz to‘plagan Svetlana Tixanovskaya ikkinchi bo‘lgandi.
Mavzuga oid

21:33 / 14.06.2025
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

21:27 / 11.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi

11:05 / 05.06.2025
Zelenskiy: Rossiya butun dunyoga nafratini bildiryapti

23:40 / 04.06.2025