Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Yer ustida hosil bo‘lgan ulkan magnit anomaliyasi haqida ma'lum qildi
AQShning NASA koinot agentligi mutaxassislari Janubiy Amerika va Atlantikaning janubiy qismida kuzatilayotgan Janubi-Atlantika anomaliyasi deb ataluvchi g‘ayritabiiy hodisa haqida ma'lum qilishdi.

Foto: NASA / Reuters
Gap sayyoramiz magnit maydoni kuchsiz bo‘lgan hudud haqida borib, u yuqorida tilga olingan hududlar ustida tobora kengayib bormoqda.
“Yerning magnit maydoni sayyoramiz atrofidagi qalqon vazifasini bajarib, zaryadlangan quyosh zarralarini qaytaradi va ushlab qoladi. Biroq Janubiy Amerika va Atlantika okeanining janubiy qismida Janubi-Atlantika anomaliyasi yoki SAA deb ataluvchi g‘ayritabiiy kuchsiz magnit maydoni mavjud”, deyilgan NASA’da.
Magnit maydonida hosil bo‘lgan ushbu ulkan anomaliya “tuynuk” kabi bo‘lib, sayyoramizga quyosh zarralarini o‘tkazib yuboradi. Buning natijasida esa kompyuterlar ishdan chiqadi, sun'iy yo‘ldoshlardan ma'lumotlar olishda muammolarlar paydo bo‘ladi. Aynan shu sabablarga ko‘ra olimlar ushbu anomaliya ortidan kuzatuv olib borishmoqda va uni o‘rganishmoqda.
Hozircha SAA odamlarning kundalik turmush tarziga sezilarli ta'sir ko‘rsatmayapti. Biroq yaqinda olib borilgan kuzatuvlar va prognozlar anomaliya g‘arb tomon kengayayotgani va ushbu hududda magnit maydoni kuchsizlanib borayotganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, anomaliya ikki qismga bo‘linayotgani ta'kidlanmoqda, bu ham sun'iy yo‘ldoshlar uchun qo‘shimcha muammolar yuzaga keltiradi.
Olimlarning fikricha, bunday anomaliya Yer o‘qi qiyaligi va sayyoraning tashqi yadrosi ichida suyuq holdagi metallar harakatlanishi oqibatida yuzaga kelgan.
Mavzuga oid

00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi

18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi

16:27 / 29.10.2024
Yer atmosferasining ifloslanishi rekord darajaga yetdi

11:26 / 01.10.2024