Putin qanday hollarda Belarusga Rossiya qo‘shinlari kiritilishi mumkinligini aytdi
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Belarus uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan zaxira tayyorlab qo‘ygan, ammo ular hozircha jalb etilmaydi.

Foto: Reuters
«Belarusda ekstremistik unsurlar chegaradan chiqib, talonchilik boshlaydigan bo‘lsa» Rossiya kuch tuzilmalari Belarus hukumatiga yordamga kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya-1» telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Belarus uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan zaxira tayyorlab qo‘ygan, ammo ular hozircha jalb etilmaydi.
«Rossiya Belarusdagi barcha muammolar tinch yo‘l bilan hal etilishidan kelib chiqadi. Hozircha Belarusda Rossiya kuchlaridan foydalanishga zarurat yo‘q, umid qilamanki, zarurat bo‘lmaydi ham», — dedi Putin.
Avvalroq Belarus mudofaa vazirligi Moskva Belarusga zirhli texnika va MI-35 vertolyotlarini yetkazib berish to‘g‘risida xabar bergandi.
Mavzuga oid

19:10 / 25.04.2025
Stiven Uitkoff to‘rtinchi bor Putin bilan uchrashdi

09:01 / 25.04.2025
«Vladimir, to‘xta» – Tramp Kiyevga zarbadan keyin Putinni tanqid qildi

01:32 / 23.04.2025
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT

21:41 / 22.04.2025