Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya kompaniyasi uchar avtomobilni sinovdan o‘tkazdi
SD-03 hozircha 5-10 daqiqa ucha oladi, ammo SkyDrive parvoz vaqtini uzaytirish ustida ishlamoqda.

Foto: SkyDrive
Yaponiyaning SkyDrive kompaniyasi ichida inson bo‘lgan SD-03 uchar avtomobilini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Associated Press agentligi yozmoqda.
Xabarda aytilishicha, mashina yuqoriga parvoz qilib, yerdan bir yarim-ikki metr balandlikda muallaq turgan. Mashina ichidagi haydovchi ushbu jarayonni nazorat qilgan. Loyiha rahbari Tomoxiro Fukudzavaning aytishicha, aeromobil sohasidagi kamdan-kam kompaniyalargina bunday natijaga erisha olgan.
SD-03 hozircha 5-10 daqiqa ucha oladi, ammo SkyDrive parvoz vaqtini uzaytirish ustida ishlamoqda. Agentlikning yozishicha, kelgusida kompaniya ishlanmalari kichik masofadagi aviaqatnovlar uchun muqobil tanlov bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Britaniyaning Bristol shahridagi Vertical Aerospace kompaniyasi 76 kilometrlik masofani yarim soatda bosib o‘tadigan E-Taxi havo taksisi xizmatini ishga tushirish bo‘yicha rejalarini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:44 / 26.06.2025