Yevroparlament Ar-Riyod va Abu-Dabiga qurol sotilishini cheklashga chaqirdi
Stokgolm tinchlik muammolarini o‘rganish xalqaro instituti ma'lumotlariga ko‘ra, YeI mamlakatlari Saudiya Arabistoni va BAAga qurol yetkazib berish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.

Foto: Reuters
Yevropa parlamenti (YeP) Yevroittifoq mamlakatlarini saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi hamda Yamanda davom etayotgan nizo sababli Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklariga qurol sotilishini cheklashga chaqirdi.
Yevroittifoq mamlakatlarini qurollanish eksporti ustidan umumiy nazoratni kuchaytirishga chaqiruvchi qonun loyihasi YeP yig‘ilishida qabul qilindi.
Stokgolm tinchlik muammolarini o‘rganish xalqaro instituti ma'lumotlariga ko‘ra, YeI mamlakatlari Saudiya Arabistoni va BAAga qurol yetkazib berish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi, deyiladi hujjatda.
Hujjatda Yamandagi to‘qnashuvlarda sodir etilgan harbiy jinoyatlar to‘g‘risidagi BMT xabarlari eslatib o‘tilgan.
Shuningdek, Belgiya, Daniya Finlyandiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya va Niderlandiyaning Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya mamlakatlariga qurol sotishni cheklash to‘g‘risidagi qarori olqishlangan.
Mavzuga oid

23:20 / 23.04.2025
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi

17:55 / 18.04.2025
Yevroittifoq Rossiya aviakompaniyalari uchun o‘z osmonini ochishdan bosh tortdi

09:20 / 18.04.2025
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi

14:09 / 17.04.2025