Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik universitet magistraturasiga kirish testlari natijalari e'lon qilindi
Davlat test markazi Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kirish test sinovlari natijalarini e'lon qildi.

Test topshirganlar to‘plagan ballarini tsul.dtm.uz/magistr sahifasi orqali ko‘rish mumkin.
Sinovlar 19 sentyabr kuni o‘tkazilgan edi. Joriy yilda TDYuU magistratura bosqichiga 2 789 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, ularning 150 nafardan ziyodi o‘qishga qabul qilinadi.
Bu safargi kirish imtihonlari faqatgina test sinovlaridan iborat bo‘lib, ilk marta DTM tomonidan o‘tkazildi.
Qabul quyidagi 8ta yo‘nalish bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirildi:
- davlat boshqaruvi huquqi
- jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti
- biznes huquqi
- advokatlik faoliyati
- xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish
- mehnat huquqi
- intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi
- sport huquqi
Mavzuga oid

23:49 / 25.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

19:19 / 24.07.2025
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda til sertifikati talabi bekor qilinmadi

21:59 / 07.07.2025
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi

10:48 / 19.06.2025