Peshku va G‘ijduvonda shamol elektr stansiyalari quriladi
Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari (ShES) quriladi.

Foto: Energetika vazirligi
«Shu kunga qadar Peshku va G‘ijduvon tumanlarida shamol salohiyatini o‘rganish uchun rejalashtirilgan 18ta meteorologik ustundan 10tasi o‘rnatildi. Kelajakda yana 1000 MVt quvvatli shamol elektr stansiyalari quriladi», deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Shamol salohiyatini o‘rganish ishlari joriy yilning avgust oyida boshlangan bo‘lib, bu ishlar 12 oy davomida olib boriladi.
Shamolning tezligi, yo‘nalishi va davomiyligi, shuningdek, hududlardagi ob-havo sharoitlarining o‘zgarishi kabi ma'lumotlarni o‘lchash uchun 100 metr balandlikda maxsus datchiklar o‘rnatiladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbasi asosida elektr stansiyalarni qurish loyihasining umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollariga teng va bu to‘lig‘icha xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

11:39 / 14.04.2025
“Patirxonam bo‘lishini orzu qilardim” – patirchi ayollar tumanidan reportaj

20:14 / 05.03.2025
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

10:18 / 13.02.2025
G‘ijduvonda gaz to‘planib qolishi oqibatida uy portladi

12:33 / 08.02.2025