O‘zbekistonda svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqti oralig‘i qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekistonda aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish orqali aholida kasallikka qarshi immun tizimini shakllantirish maqsad qilingan.

Prezidentning “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda piyodalar o‘tish yo‘laklarida yo‘l-transport hodisalarining sonini keskin qisqartirish, shuningdek, aholining piyoda yurishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida barcha ko‘chalarda o‘rnatilgan svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqtlari oralig‘ini xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqadi.
Qayd etilishicha, vazirlik piyodalar o‘tish yo‘laklarida, shu jumladan tartibga solinmagan serqatnov piyodalar o‘tish yo‘llarida maxsus yo‘lchiroq (svetofor)larni (maxsus tugmachalar orqali boshqariladigan) o‘rnatilishini, o‘tish joylarini (zebra) xalqaro tajribadan kelib chiqib innovatsion yondashuv asosida tashkil etilishini ta'minlaydi.
Belgilanishicha:
svetofor chiroqlarining vaqtlar oralig‘ini belgilashda piyodalar uchun ajratilgan vaqtni ustuvor etib belgilash;
avtomobil harakati yuqori bo‘lgan va katta yo‘l kesishmalarida yer osti yoki yer usti o‘tish joylarini tashkil etilishi majburiy hisoblanadi.
Mavzuga oid

20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi

18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi

15:12 / 13.02.2025
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi

14:44 / 13.02.2025