Bill Geyts COVID-19'ga qarshi samarali davo usullari qachon topilishini taxmin qildi

Foto: Getty Images
Dunyoda koronavirus pandemiyasi yil oxiriga kelib infeksiyaning mavsumiyligi sababli kuchayadi, ammo 2021 yil boshidan vaziyat yaxshilana boshlaydi, deb taxmin qilmoqda Microsoft asoschisi Bill Geyts. U bu haqda 21 oktabr kuni GeekWire Summit virtual konferensiyasida aytib o‘tgan.
«Yaxshi yangilik shuki, shu yilning oxiriga yoki kelasi yil boshiga kelib, samaraliroq davo preparatlari, xususan birinchilardan bo‘lib monoklonal antitanalar paydo bo‘la boshlaydi», – degan Bill Geyts.
Geytsning tushuntirishicha, monoklonal antitanalar immun hujayralarini – leykotsitlarni klonlash orqali hosil qilinadi. Ushbu antitanalar patogenlarning aniq bir qismiga ta'sir etishga mo‘ljallangan.
Monoklonal antitanalar bilan eksperimental davolanishni yaqinda koronavirusga chalinib tuzalib chiqqan AQSh prezidenti Donald Tramp qabul qilgan edi.
Avvalroq Bill Geyts koronavirus epidemiyasi tugashining taxminiy vaqtini aytgan edi. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 insoniyat bilan «abadiy qolmaydi» va uzog‘i bilan 2022 yilda nihoyasiga yetadi.
Mavzuga oid

22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi

23:19 / 01.03.2025