Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalk «Shanxay SIPG»ni tark etganini e'lon qildi
«Shanxay SIPG» klubi hujumchisi Xalk Xitoy klubini tark etganligini e'lon qildi.

Foto: Getty Images
«Bugun hayotimdagi eng muhim kunlardan biri. «Shanxay SIPG» bilan xayrlashmoqdaman. Bu jamoa meni chin mehr bilan qabul qilgan edi. To‘rt yil davomida meni qo‘llab-quvvatlagan klub muxlislariga rahmat. Qolaversa, klub futbolchilari va rahbariyatidan ham minnatdorman. Biz Superliga va Superkubokda zafar quchib, katta natija qayd etdik. Qiyin damlarda ham bir-birimizga ishondik, suyundik va g‘alabalarga ham birgalikda erishdik. Bu yerdagi faoliyatimdan juda ko‘p do‘stlar orttirib qaytayapman. «Shanxay SIPG»dek katta oilamga chin yurakdan minnatdorchilik bildirib qolaman», - deya xayrlashuv murojaatini e'lon qilgan Xalk instagramdagi sahifasida.
Avvalroq, 34 yoshli braziliyalik forvardga sobiq klublari «Zenit» va «Portu» qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

20:04 / 13.04.2020
«Hayot iziga qaytyapti» - Odil Ahmedov Xitoydagi hayoti, koronavirus va ko‘rshapalak haqida

13:58 / 08.07.2019
«Vest Hem» Arnautovich «Shanxay SIPG»ga o‘tganini e'lon qildi

22:27 / 23.04.2019
OChL. «Shanxay SIPG» yana g‘alaba qozonolmadi

19:26 / 30.03.2019