Xo‘jaylida birdaniga olti kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Uy egalari isitish pechidagi gazni ochiq holatda yoqqanligi aytilmoqda.

Foto: AFP/ Barbara Sax
Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi Kun.uz muxbiriga rasmiy ma'lumot berdi.
Voqea kecha, 9 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Bu haqda Xo‘jayli tumani IIBga soat 17:00 da ma'lumot kelib tushgan.
Yosh ota-ona va ularning farzandlari, shu kuni uyga mehmonga kelgan qarindoshi isitish pechidan chiqqan gaz hididan zaharlanib olamdan o‘tgan. Bolakaylarning biri 11, ikkinchisi 7 yoshda edi.
Kun.uz muxbirining manbasiga ko‘ra, uy egalari isitish pechidagi gazni ochiq holatda yoqqan.
Holat bo‘yicha Xo‘jayli tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:43 / 24.04.2025
Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi mehmonxonada zaharlanishi bo‘yicha tergov yakunlandi

12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

19:50 / 02.03.2025
Qozog‘istonda is gazidan vafot etganlarning faqat bir nafari o‘zbekistonlik - FVV

17:19 / 02.03.2025