Vazir: 2021 yilda ishsizlik nafaqasi 3 barobarga oshiriladi va uni olishda so‘raladigan 6 ta hujjat bekor qilinadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni parlamentga qilgan murojaatida kelgusi yilda professional ta'lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinishini, 1 yanvardan talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimi joriy etilishini ma'lum qilgan edi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Kun.uz’ga murojaatnoma yuzasidan 2021 yil davomida vazirlik tomonidan amalga oshirilishi belgilangan aniq maqsad va rejalar haqida ma'lumot berdi.
«Kelgusi yilda professional ta'lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinadi. Bundan buyon ishchi kasblar bo‘yicha talab qo‘yishda malaka asosiy o‘ringa chiqadi. Shuning uchun murojaatnomada hukumat kelgusi yil 1 yanvardan talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblar bo‘yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etish masalasi qayd etib o‘tildi”, – dedi Nozim Husanov.
Ma'lum qilinishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi zimmasiga ishchi kasblar bo‘yicha fuqarolar malaka darajasini ixtiyoriy baholash tizimini joriy etish bo‘yicha kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimining faoliyatini tashkil etish hamda bilim va ko‘nikmalarni baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Hukumat qarorining loyihasini ishlab chiqish yuklatilgan.
«Undan tashqari, 2021 yil davomida har bir hududda 1 tadan xalqaro andozalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etilgan «Ishga marhamat» monomarkazlari ishga tushadi. Ushbu monomarkazlarda ham kasbiy malaka darajasini baholash va tasdiqlash faoliyati tashkil etiladi. Ushbu monomarkazlarda kasbiy malaka darajasi baholangan shaxslarga xalqaro darajadagi hujjat – Skills pasport beriladi.

Shuningdek, iqtisodiyotning talab yuqori bo‘lgan 22 ta tarmog‘i (qurilish, kimyo va neft-kimyo sanoati, elektrotexnika sanoati, yengil sanoat (to‘qimachilik va tikuv ishlab chiqarish), oziq-ovqat sanoati, Turizm va mehmonxona xo‘jaligi, aloqa va axborot texnologiyalari va boshqa tarmoqlar) kasblari bo‘yicha malakalarni baholash markazlari tashkil etiladi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, fuqarolarning ishchi kasblar bo‘yicha malaka darajasini baholash nafaqat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi monomarkaz va o‘quv markazlar, balki aksariyat qismi nodavlat (tijorat) korxona va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
2021 yilda jami 40-60 ming fuqaroning kasbiy malaka darajasini tasdiqlash rejalashtirilgan. Kasbiy malakani baholash va tasdiqlash tizimining fuqarolar uchun afzalliklari quyidagicha:
- birinchidan, xodimlar o‘rtasida adolatli mehnatga haq to‘lash tizimi vujudga keladi;
- ikkinchidan, xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va motivatsiya muhiti paydo bo‘ladi;
- uchinchidan, ish beruvchi uchun sifatli kadrlar tanlovi imkoniyatining vujudga kelishi;
- to‘rtinchidan, kasb standartlari xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari hamda aynan ish beruvchilar talabi asosida ishlab chiqiladi;
- beshinchidan, kasbiy ta'lim hamda ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasiga erishiladi;
- oltinchidan, tasdiqlangan kasbiy malaka darajasiga ega bo‘lgan shaxslarning ishonchli va shaffof milliy reyestri yuritiladi.
Shuningdek, kambag‘allikdan chiqib ketish uchun kelgusi yili mahallalarda aholini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha mingdan ziyod markazlar tashkil etish belgilab berildi. Prezident qaroriga asosan aholisi zich hamda ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan 119 ta tuman (shahar) dagi jami 136 ta mahallada Mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etildi.
2021 yilda ushbu maskanlar soni yana 1000 taga oshadi, bu esa yiliga o‘rtacha 90,9 ming nafar ishsiz fuqaro, ayniqsa, kambag‘al oilalarning ishsiz a'zolari, xotin-qizlar va yoshlarni qamrab olish imkoniyati yaratiladi demakdir. Ushbu fuqarolar uchun barcha o‘qitish xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi.
Bundan tashqari, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga uskunalar xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar ajratiladi. Masalan, uy bekasi o‘zini o‘zi band qilish uchun pech sotib olmoqchi, yoki yangi hunarmandchilik faoliyatini boshlagan usta payvandlash mini apparat va elektrodlarni xarid qilmoqchi, sartarosh o‘z uyida mahalladoshlariga xizmat qilish uchun mehnat qurollarini olmoqchi, mana shunday insonlarga yordam berish tartiblari joriy qilinadi.
Mehnat organlari tomonidan 2019 yilda 57 ming fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlangan. 2020 yilning o‘tgan davrida 87,0 ming nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlangan.
Avvalgi yillari ishsizlik nafaqasi bazaviy hisoblash miqdori, ya'ni oyiga 223 ming so‘mga teng bo‘lib, bu ishsizlarning ish bilan ta'minlangunga qadar xarajatlar va ehtiyojlarini qoplamas edi. Murojaatnomadan kelib chiqib, birinchi navbatda ishsizlik nafaqasi miqdori 3 barobargacha oshiriladi.
Bunda, o‘z navbatida ijtimoiy adolat prinsipi ta'minlanadi. Mazkur tizimning joriy etilishi natijasida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nafaqalar uchun 2021 yilga 50,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi.
Shuning ushbu nafaqalarni tayinlashda 6 ta hujjat talab etiladigan eski byurokratik tartib bekor qilinadi. Xususan,
- mehnat daftarcha yoki ish staji to‘g‘risida;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
- farzandlari to‘g‘risida;
- ma'lumoti to‘g‘risidagi;
- yashash joyi to‘g‘risida ma'lumotlar talab etish bekor qilinadi.
Bunda barcha talab etiladigan hujjatlar, 2020 yildan yangi joriy etilgan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy apparat kompleksi orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, ehtiyojmand aholi bandligini ta'minlashga Bandlikka ko‘maklashish hamda Jamoat ishlari jamg‘armalaridan 500,0 mlrd. so‘m ajratish belgilandi.
Ushbu mablag‘ning 250,0 mlrd. so‘mi haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashgan ishsiz fuqarolarni ish haqi uchun, 250,0 mlrd. so‘m ishsizlarni, ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiya ajratish, ishsizlik nafaqasi va kasbga qayta o‘qiyotgan ishsizlarga stipendiyalar uchun ajratiladi”, – deya Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbulda yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
O‘zbekiston | 12:18
-
Vatikanda Fransiskning dafn marosimiga 200 ming kishi yig‘ildi – fotosuratlar
Jahon | 11:19
-
Rossiya Bosh shtabi Kursk oblasti to‘la ozod etilgani haqida hisobot berdi
Jahon | 10:16
-
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 03:45
Mavzuga oid

11:38 / 11.04.2023
Nozim Husanov vazir o‘rinbosarligidan ketdi

19:01 / 17.01.2023
“Sobiq vazirning so‘zlari noto‘g‘ri” - yapon kompaniyasi rahbari

21:30 / 07.01.2023
Janubiy Koreyaga ishga borishdagi korrupsiya – nega migratsiya mas’ullari qishloqlarga kirib bormagan? Sobiq vazir bilan intervyu

18:43 / 21.12.2021