AQSh kongressi Trampning impichmenti to‘g‘risidagi rezolyutsiya matnini e'lon qildi
Rezolyutsiya mualliflarining fikricha, Tramp o‘z xatti-harakatlari bilan «milliy xavfsizlik, demokratiya va konstitutsiyaga nisbatan xatar» bo‘lib qolishini ko‘rsatdi.

Foto: Jim Bourg/File Photo / Reuters
AQSh kongressi vakillar palatasi prezident Donald Trampning impichmenti to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini e'lon qildi.
Unda aytilishicha, «prezident Tramp Qo‘shma Shtatlar va hukumat institutlari xavfsizligini jiddiy xavf ostiga qo‘ydi».
Loyiha mualliflarining fikricha, Tramp o‘z xatti-harakatlari bilan «milliy xavfsizlik, demokratiya va konstitutsiyaga nisbatan xatar» bo‘lib qolishini ko‘rsatdi.
Vashingtonda 6 yanvarda yuz bergan tartibsizliklardan keyin bir qator demokratlar Trampning hokimiyatdan chetlatilishini talab qilishgandi. AQSh rahbarining ba'zi partiyadoshlari ham xuddi shunday chaqiriqlar bilan chiqishdi.
2019 yil dekabrda ham kongress a'zolari Trampni vakolatlarini suiiste'mol qilishda ayblab, uning impichmentini talab qilishgandi. O‘shanda respublikachilar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamagani tufayli impichment amalga oshmagandi.
Mavzuga oid

08:00
Tramp Los-Anjelesga dengiz piyoda askarlari va ko‘proq milliy gvardiyachilarni yubordi

20:46 / 09.06.2025
Tramp Los-Anjyelesdagi namoyishlarni bostirishga harakat qilmoqda – fotosuratlar

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

15:20 / 09.06.2025