Ispaniya Superkubogi. Messisiz «Barselona» ter Stegenning penaltilar seriyasidagi qahramonligi evaziga finalga chiqdi

Foto: AS
Ispaniya Superkubogining birinchi yarimfinalida o‘tgan mavsumda La Ligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan «Barselona» va Ispaniya Kubogi finalchisi «Real Sosedad» to‘qnash kelishdi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida kuchlar teng keldi. Penaltilar seriyasida esa ter Stegenning qahramonligi kataloniyaliklarni finalga olib chiqdi. E'tiborlisi, «Barselona» safida Lionel Messi jarohati tufayli ushbu o‘yinni o‘tkazib yubordi.
Ikkinchi finalchi 14 yanvar kuni «Real» va «Atletik» B o‘rtasidagi bahsda aniqlanadi. Qaysi jamoa g‘alaba qozonishidan qat'i nazar finalda «El Klasiko» bo‘ladi. Chunki La Ligani hech qachon tark etmagan Bilbao jamoasining «Real» yoki «Barsa» bilan qarshiligiga ham shunday maqom berilgan.
Ispaniya Superkubogi, 1/2 final
Real Sosedad — Barselona 1:1
13 yanvar, «Nuevo El Arkanxel»
Gollar: Oyarsabal (51, penalti) — de Yong (39).
Penaltilar seriyasi — 2:3
Real Sosedad – Remiro, Monreal, Le Norman, Gorosabel (Saldua, 91; Bautista, 120), Subeldiya, Merino, Guridi (Barrenechea, 81), Portu (Yanuzay, 103), Gevara (Subimendi, 105), Oyarsabal, Isak (Villian Joze, 91).
Barselona – ter Stegen, Langle, Alba, Arauxo, Mingesa (Firpo, 114), de Yong, Buskets (Puch, 91), Pedri (Pyanich, 91), Dembele, Grizmann, Breytueyt (Trinkau, 78).
Mavzuga oid

07:53 / 23.04.2025
«Siti» so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdi, «Barsa» 40 ta zarbadan bitta gol urdi. Kun o‘yinlari

09:50 / 20.04.2025
Shomurodov «Roma»ga g‘alaba keltirdi, «Barsa»da chempioncha kambek. Kun o‘yinlari

10:13 / 16.04.2025
«Barsa»da yilning eng yomon o‘yini, «PSJ» ham zo‘rg‘a yarimfinalga chiqdi

12:08 / 13.04.2025