Rossiya korxonalari o‘zbekistonliklarni ishga chorlamoqda

Foto: KUN.UZ
O‘zbekistonliklarga Rossiyadagi korxonalarda ishlash taklif etilmoqda. Haydovchi, kran boshqaruvchisi, slesar, elektroslesar, buldozer haydovchisi, oshpazlik qo‘lidan keladigan ishchilarga ayniqsa talab katta.
Kun.uz muxbirining aniqlashicha, tumanlarda Rossiyaga ishga bormoqchi bo‘lganlar o‘rtasida o‘ziga xos kichik saralash o‘tkazilmoqda. Fuqarolar qaysi ish qo‘lidan kelishiga qarab ro‘yxatga olinadi. Ularning rus tilini qay darajada bilishi birlamchi omil sifatida qaralyapti. Ma'lum bo‘lishicha, fevral oyigacha kerakli ro‘yxat shakllantiriladi va shundan keyin ishchilarni Rossiyaga jo‘natish tartibi aniq bo‘ladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ham Rossiyaga ishga borishni istaganlar uchun ko‘plab ish o‘rinlari taklif qilib bormoqda. Taklif qilinayotgan ishlarning deyarli barchasi qurilish sohasiga aloqador. Agentlik Telegram-kanalida yozilishicha, o‘zbekistonlik ishchilarga 100 ming rublgacha (1 300 dollar) maosh taklif qilinyapti (masalan g‘isht teruvchilarga). Moskvada taklif qilinayotgan ishlarda o‘rtacha maosh 64 ming rublni (850 dollar) tashkil etishi aytilgan.
Shuningdek, agentlik Rossiyada bo‘lib turib ish qidirayotgan o‘zbekistonliklarga ham ish o‘rinlari taklif qilgan. Agentlikning Rossiyada ish qidirayotgan vatandoshlar uchun «MIGRANT SeRVIS» mobil ilovasi orqali ish topish va ishlash uchun oson ruxsatnoma olish mumkinligini eslatgan. Bu ilovani Play Market do‘konida yuklab olish mumkin.
Mavzuga oid

17:34 / 27.04.2025
FXX rossiyalik generalni portlatishda gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59 / 26.04.2025
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025