Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taxtiqoracha dovonida transport vositalari harakati tiklandi

Kecha, 24 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ko‘p miqdorda qor yog‘gani va noqulay ob-havo sababli Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha dovonida avtotransport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilganini e'lon qilgan edi.
Vazirlikning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda tegishli choralar ko‘rilib, avtomobil yo‘li qordan tozalangan hamda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha dovonida barcha rusumdagi transport vositalari harakati uchun ruxsat berildi.
Shuningdek, xabarda barcha haydovchilardan yetarlicha past tezlikda, oraliq masofani saqlab harakatlanish so‘ralgan.
Avvalroq, IIV YHXBB barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘llarda ehtiyot bo‘lishga chaqirib, murojaat qilgan edi.
Mavzuga oid

12:51 / 14.03.2021
Taxtiqoracha dovoni qordan tozalanib, avtomobillar harakati uchun ochildi

22:51 / 13.03.2021
Taxtiqoracha dovoni vaqtincha yopildi

12:51 / 28.12.2020
Taxtiqoracha dovonida avtotransport vositalari harakati tiklandi

23:09 / 27.12.2020