Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya S-400 tizimidan qanday hollarda foydalanishini ma'lum qildi
Mudofaa vaziri Xulusi Akarning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyadagi S-400 unga hujum qilmaydiganlarga tahdid solmaydi.

Foto: RIA Novosti
Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa tizimlaridan faqat xavf paydo bo‘lgandagina foydalanadi. Bu haqda mamlakat milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar ma'lum qildi.
"Turkiya S-400ni faqat tahdid va xavf paydo bo‘lganida ishga tushiradi. Turkiyadagi S-400 unga hujum qilmaydiganlarga tahdid solmaydi", - dedi u.
Bundan tashqari, Akar AQShning S-400 sababli Turkiyaga nisbatan qator cheklovlar kiritishi "alyans ruhi"ga mos kelmasligini aytdi.
Xulusi Akar, shuningdek, Turkiya S-400 tizimlaridan NATO tizimidan mustaqil ravishda foydalanishini bildirdi.
Rossiya va Turkiya 2017 yilda Anqaraga S-400 tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgandi. Turkiyaning Rossiya zenit-raketa tizimlarini sotib olishi AQSh va alyansning keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi. Vashington Anqarani beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashladi.
Mavzuga oid

23:20 / 30.07.2025
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi

20:36 / 30.07.2025
«Istanbul Boshoqshehir» Abbosbek Fayzullayev transferini e’lon qildi

18:21 / 29.07.2025
Turkiyada yuqori harorat tufayli yirik o‘rmon yong‘inlari – fotosuratlar

19:23 / 27.07.2025