Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni joriy yildagi haj ziyoratining asosiy shartini ma'lum qildi
Joriy yilda koronavirusga qarshi emlangan ziyoratchilar haj amalini ado eta oladilar. Bunday qarorni Saudiya Arabistoni hukumati qabul qildi.

Foto: AFP / Getty Images
“Hajda ishtirok etishning asosiy sharti koronavirusga qarshi emlanganlik hisoblanadi”, deb aytilgan podshohlik sog‘liqni saqlash vaziri Tofiq ar-Rabia bayonotida.
Ta'kidlanishicha, 2021 yilda haj amali ado etilishi iyul oyining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelmoqda. 2020 yilda haj ziyorati pandemiya sababli 10 ming kishi ishtirokidagina o‘tgandi. Ziyoratchilarning 30 foizini saudiyaliklar, 70 foizini esa mamlakatda yashovchi xorijliklar tashkil qilgandi. Xorijiy fuqarolar hajga qo‘yilmagan. Haj amalini ado etishga ruxsat berishda surunkali kasalliklarga ega bo‘lmagan, koronavirusga chalinmagan, avval haj amalini bajarmagan va karantin davrini o‘tashga tayyor bo‘lgan 20 yoshdan 50 yoshgacha kishilarga ustunlik berilgan. Ular orasida koronavirusni boshdan o‘tkazgan shifokorlar ham bo‘lgan.
2020 yil noyabrdan Saudiya Arabistoni PsR-testi manfiy bo‘lgan va 50 yoshdan katta bo‘lmagan ziyoratchilarni sekin-asta umra ziyoratiga qo‘ya boshlagan.
Mavzuga oid

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025