Kambek. «Barselona» dramatik o‘yinda «Sevilya»ni mag‘lub etib, Ispaniya Kubogi finaliga yo‘llanma oldi

Foto: AS
Ispaniya Kubogida ilk finalchi nomi ma'lum bo‘ldi.
Andalusiyada 0:2 hisobida yutqazgan «Barselona» o‘z maydonida iroda ko‘rsatib, «Sevilya» darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritdi va finalga yo‘l oldi.
Birinchi bo‘lim boshida Usmon Dembele hisobni ochdi. 73-daqiqada ter Stegen qahramonlik ko‘rsatib, mehmonlar xavbeki Lukas Okamposning penaltisini qaytardi. 90+2-daqiqada Fernando qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 90+4-daqiqada Pike ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisobni tenglashtirib, bahsni qo‘shimcha bo‘limlarga olib bordi. Qo‘shimcha bo‘limda esa Breytueyt g‘alaba to‘pini kiritdi.
Kataloniyaliklar finalda «Levante» — «Atletik» (Bilbaoda 1:1 hisobi qayd etilgan) juftligi g‘olibi bilan to‘qnash kelishadi.
Ispaniya Kubogi, 1/2 final
Barselona — Sevilya 3:0
3 mart, «Kamp Nou»
Gollar: Dembele (12), Pike (90+4), Breytuyeyt (95).
Amalga oshirilmagan penalti: Okampos (73).
Barselona – ter Stegen, Alba, Mingesa (Firpo, 78), Langle, Dest (Grizmann, 63), Pedri (Breytueyt, 89), de Yong, Dembele (Trinkau, 89), Buskets (Moriba, 78), Pike, Messi.
Sevilya – Vatslik, Akunya (Rekik, 54), Kunde, Diyego Karlos, Oliver Torres (Okampos, 62), Aleish Vidal (Navas, 54), Fernando, Jordan (Munir, 105), Suso (Gomes, 79), de Yong (Rakitich, 54), An-Nosiri.
Ogohlantirishlar: Fernando (37), Mingesa (67), Messi (73), Jordan (100), Kunde (101), An-Nosiri (103), Trinkau (119).
Chetlatish: Fernando (90+2).
Birinchi o‘yin — 0:2.
Mavzuga oid

07:53 / 23.04.2025
«Siti» so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdi, «Barsa» 40 ta zarbadan bitta gol urdi. Kun o‘yinlari

09:50 / 20.04.2025
Shomurodov «Roma»ga g‘alaba keltirdi, «Barsa»da chempioncha kambek. Kun o‘yinlari

10:13 / 16.04.2025
«Barsa»da yilning eng yomon o‘yini, «PSJ» ham zo‘rg‘a yarimfinalga chiqdi

12:08 / 13.04.2025