Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Yunayted» «Manchester derbisi»da «Siti»ning 21 o‘yinlik g‘alabali seriyasiga barham berdi
Angliya Premer-ligasi 27-turi doirasidagi markaziy uchrashuv «Manchester Siti» hamda «Manchester Yunayted» o‘rtasida kechdi.

«Manchester derbisi»dagi peshqadamlar o‘rtasidagi bahsning 1-daqiqasidayoq Marsiyal penalti ishladi va Brunu Fernandesh chempionatdagi 16-golini kiritib, «Yunayted»ni hisobda oldinga chiqardi – 0:1.
Ikkinchi bo‘limning boshida esa farq ikkitaga oshdi. 50-daqiqada darvozabon Henderson boshlab bergan hujumni Shou jarima maydoni yaqinigacha olib borib, Reshford bilan kombinatsiya uyushtirdi va chap oyoqda Edersonning uzoq burchagini aniq nishonga oldi – 0:2.
Ushbu goldan keyin Gvardiola shogirdlari hujumkorlikni oshirgan bo‘lishiga qaramay, Sulsher jamoasi himoyada ham yaxshi harakat qilib, yakunda muhim g‘alabaga erishib, 54 ochko bilan 2-o‘ringa qaytdi. «Siti» esa 65 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.
Ushbu g‘alaba bilan «MYu» «Manchester Siti»ning 21 o‘yinlik g‘alabali seriyasiga chek qo‘ydi.
APL. 27-tur.
Manchester Siti – Manchester Yunayted 0:2
Gollar: 0:1 – 2, penalti Brunu Fernandesh, 0:2 – 50 Shou.
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu (Uoker, 65), Stounz, Ruben Diash, Zinchenko, Rodri, de Bryuyne, Sterling, Gundo‘g‘an, Mahrez, Gabriel Jyezus (Foden, 70).
Manchester Yunayted – Henderson, Lindelef, Shou, Maguayr, Uan-Bissaka, Fred, Brunu Fernandesh, Maktomini, Jyeyms, Marsyal, Reshford (Grinvud, 73).
Mavzuga oid

12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi

15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?

18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan

11:41 / 18.04.2025