Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joan Laporta – «Barselona» prezidenti
Joan Laporta «Barselona» prezidentligiga qaytdi.

58 yoshli funksioner saylovlarda 54,28 foiz ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. U Viktor Font (29,29 foiz) va Toni Freyshani (8,58 foiz) ortda qoldirdi.
Ma'lumot uchun, Laporta Kataloniya klubi prezidentligi uchun saylovlarda 4-bor qatnashdi. U 2003 va 2006 yilgi saylovlarda g‘alaba qozongan, 2015 yili esa Jozep Bartomeuga yutqazgan edi. U 2003 yildan 2010 yilgacha jamoani boshqargan va ushbu davrda «ko‘k-anorranglilar» 4 bor La Ligada, 2 marta Chempionlar Ligasida zafar quchishgan. Umumiy hisobda 12ta sovrin qo‘lga kiritilgan. Jamoa 2009 yili o‘zi ishtirok etgan barcha 6 turnirda g‘olib bo‘lib, rekord o‘rnatgan.
Shu tariqa Laporta 2020 yil oktabr oyida iste'foga chiqarilgan Bartomeuning o‘rnini egalladi va endi klubga 2027 yilgacha rahbarlik qiladigan bo‘ldi.
Mavzuga oid

23:49 / 16.07.2025
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi

08:50 / 03.07.2025
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi

10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari

11:33 / 19.05.2025