Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda gaz ta'minoti korxonasi manfaatlariga 1 mlrd so‘m zarar yetkazilgani fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi “Sh.B.” hamda “N.G.” MChJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexlarida o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasi ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan qasddan shikast yetkazilib (1,5 mm hajmda teshik hosil qilish orqali), tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani natijasida, hududiy gaz ta'minoti korxonasi manfaatlariga “Sh.B.” MChJ tomonidan 985,7 mln so‘m va “N.G.” MChJ tomonidan 130,2 mln zarar yetkazilgani aniqlangan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz 1 oy davomida 1 858ta xonadonni uzluksiz tabiiy gaz bilan ta'minlashga yetishi ma'lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (gazdan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:16 / 21.07.2025
O‘zbekiston Pokistondagi neft va gaz konlarini qidirishga jalb etilishi mumkin

11:24 / 16.07.2025
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi

19:18 / 12.07.2025
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi

08:02 / 10.07.2025