Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganlik ota bolalikdan nogiron qiziga 4 yildan beri uy ololmay sarson

Namanganlik Marhabo Abdullayeva bolalikdan tug‘ma nogiron. Hozirda 46 yoshga kirgan Marhabo opa onasi vafotidan keyin otasi Davron aka qaramog‘ida qolgan. 6 sotix hovlida 12 jon yashashi biroz qiyinchilik tug‘dirgani bois Davron aka qizi Marhabo opa uchun 4 yildan buyon uy-joy olish ilinjida harakat qilyapti. Bir necha bor bu masala bo‘yicha tegishli joylarga ham murojaat qilgan. Oxirgi bor 2020 yilning oktyabrida shahar hokimligiga qilingan murojaatga esa javob ham bo‘lmagan. Viloyat rahbarlaridan yechim bo‘lavermagach, Davron aka Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaga yozma ariza bilan murojaat qildi.
Bugun Oliy Majlis Senati a'zolari shu kabi aholini qiynayotgan masalalarga yechim izlash maqsadida murojaatchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda aholidan uy-joy, yer-uchastka olish, ishga joylashtirish kabi masalalar bo‘yicha 10 dan ortiq murojaat kelib tushdi, ushbu masalalar senatorlar tomonidan nazoratga olindi.
Mavzuga oid

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

20:19 / 15.07.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uy qurish bilan shug‘ullangan MChJ fuqarolarni chuv tushirdi

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025