Mavritaniya poytaxtida noma'lum shaxs yo‘lovchilarsiz samolyotni egallab oldi
U agar kuch ishlatuvchi tizim xodimlari uni ushlashga harakat qiladigan bo‘lsa, samolyotni portlatib yuborish bilan tahdid qilmoqda.

Mavritaniya poytaxti Nuakshot shahridagi xalqaro aeroportda shaxsi noma'lum erkak ichida yo‘lovchilari bo‘lmagan samolyotni egallab oldi. Bu haqda Al Arabia telekanali xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, u agarda kuch ishlatuvchi tizim xodimlari uni ushlashga harakat qiladigan bo‘lsa, samolyotni portlatib yuborish bilan tahdid qilmoqda.
Mahalliy OAVning ma'lumot berishicha, u Mavritaniya hukumatidan kompensatsiya to‘lanishini talab qilgan, ammo aynan qanday kompensatsiya to‘lanishi kerakligi noaniq.
Samolyot Mavritaniyaning «Ambriar» aviakompaniyasiga tegishli ekanligi aytilmoqda.
Mavzuga oid

17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

16:53 / 11.04.2025
Vashingtonda bortida kongressmenlar bo‘lgan ikki samolyot to‘qnashib ketdi

23:36 / 26.03.2025