Samarqandda tuman hokimligi gazetasini 6-sinf o‘quvchilariga 5 000 so‘mdan sotgan o‘qituvchiga chora ko‘rildi
Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan maktabda direktor o‘rinbosari hokimiyat va xalq deputatlari tuman kengashi muassisligida chiqadigan gazetani 6-sinf o‘quvchilariga 5 000 so‘mdan sotgan. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Samarqand tuman hokimligi va xalq deputatlari tuman kengashi muassisligida chiqadigan «Gulobod tongi» gazetasining 2021 yil 19 fevraldagi 7-sonida faxriy pedagog A.I.ning 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan maqola e'lon qilingan. 16-maktab direktori o‘rinbosari A.F. hamkasbi haqida maqola chop etilganligi uchun gazetaning o‘sha sonidan 20 donasini 3 ming so‘mdan 60 ming so‘mga, yana 10 donasini tuhfa tariqasida olgan.
Shundan so‘ng, A.F. 30 dona gazetaning 10 donasini A.I.ga sovg‘a tariqasida topshirgan. 16-maktab direktori D.Yusupovaning topshirig‘iga ko‘ra, A.F. qolgan 20 dona gazetani o‘qituvchilarga bepul tarqatishi lozim bo‘lsa-da, u gazetani 6-sinf o‘quvchilariga besh ming so‘mdan sotgan. Shundan so‘ng, o‘quvchilarning ota-onalari bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy postlar e'lon qilgan.
Samarqand tumani xalq ta'limi bo‘limi mas'ullari mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borgan va haqiqatdan 16-maktab direktori o‘rinbosari A.F «Gulobod tongi» gazetasini o‘quvchilarga 5 000 so‘mdan sotgani aniqlangan. Ta'kidlanishicha, A.F.ning o‘zboshimchalik bilan qilgan ushbu xatti-harakati tufayli unga «Hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid

11:58
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

11:17
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

23:20 / 22.04.2025