Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uy devorlarida giyohvand vositalar reklamasi yozuvlarini qoldirgan fuqarolar shaxsi aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi turar joylar devorlarida giyohvandlik vositalari reklamasi yozuvlari paydo bo‘layotgani haqida xabar tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida aniqlanishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani “Bo‘z” mahallasida bir nechta uylar devorlarida yozuvlar paydo bo‘lgan. Aholi orasida o‘tkazilgan so‘rov natijasida yozuvlar 5-6 kun oldin paydo bo‘lgani aniqlangan.
Tekshiruv natijasida mazkur yozuvlarni qoldirgan fuqarolar – 18 yoshli B.I. va 21 yoshli I.V.ning shaxslari aniqlandi.
Suhbat davomida B.I. joriy yilning mart oyida obuna bo‘lgan “Telegram” kanalda ish haqida e'lon chiqqanini ma'lum qilgan. B.I. noma'lum shaxs bilan telefon orqali bog‘lanib, undan haq evaziga uylarning devorlarida qoldirish kerak bo‘lgan yozuv matnini olgan. Shundan so‘ng B.I. tanishi I.V. bilan linoleumdan e'lon matnini qirqib, bo‘yoq ballonchasi yordamida uylarning devorlarida yozuv qoldirishgan.
Mazkur fakt bo‘yicha tekshiruv ishlari davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid

11:14 / 22.07.2025
Toshkentda Lacetti bilan to‘qnashgan Tracker piyodani urib ketdi

11:24 / 18.07.2025
Mustaqillik ko‘chasida rul boshqaruvini yo‘qotgan haydovchi yo‘l inshootlariga urildi

09:57 / 17.07.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

07:59 / 16.07.2025