Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki hamkorligida 100 mln dollarlik jamg‘arma tashkil etilishi kutilmoqda
Bugun, 8 aprel kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Islom taraqqiyot banki delegatsiyasi vakillari o‘rtasida maqsadli va manzilli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha amaliy uchrashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekiston hukumati va Islom taraqqiyot banki hamkorligida boshlang‘ich kapitali 100 mln AQSh dollari bo‘lgan "Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘armasi" (Economic Yemrowermept Fund) tashkil qilinishi kutilmoqda.
Tadbir davomida O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Ayollar daftari” asosida xotin-qizlar muammolari bilan ishlashda banklar tomonidan taqdim etilayotgan loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Ta'kidlanganidek, tashkil etilishi kutilayotgan jamg‘arma tomonidan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun platforma yaratish, daromad manbalarini ta'minlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish hamda bu jarayonlarda mahallalar bilan yaqindan hamkorlik qilish ko‘zda tutilmoqda.
Tadbir so‘ngida kutilayotgan ikki taraflama muzokaralarni 2021 yilning iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo uchrashuvda davom ettirishga o‘zaro kelishib olindi.
Avvalroq, Islom taraqqiyot banki prezidenti may oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi

12:21 / 18.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi

15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi

15:18 / 06.03.2025