Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm va sport vazirligiga tayinlovlar amalga oshirildi. Ravshan Ermatov lavozimidan ozod etildi
Prezident farmoni bilan Aziz Abduhakimov bosh vazir o‘rinbosari - turizm va sport vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Shuningdek, prezidentning tegishli qarori bilan:
- Ulug‘bek A'zamov turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
- Abdulaziz Oqqulov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Avaz Karimov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Zarif Qozoqov turizm va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezidentning tegishli qarori asosida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov hamda jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari Nodir Murodov lavozimidan ozod etildi.
Prezident qarori bilan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Faxriddin Davrukov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 6 apreldagi prezident farmoniga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil etildi.
Mavzuga oid

11:23 / 25.07.2025
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi

21:40 / 24.07.2025
Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi - ekologiya vaziri

08:37 / 02.06.2025
O‘zbekistonda ekologiya muhofazasi bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi

19:01 / 05.04.2025