Toshkent viloyatida deputat bo‘lgan maktab direktori 173 mln so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

Toshkent tumanidagi 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘tkazilgan tekshiruv yakuni bo‘yicha maktab direktori S.X. (ayol) tomonidan jami 173 843 900 so‘m pul mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingani yuzasidan 2020 yil 10 dekabr kuni unga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qism “a” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Toshkent viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Dastlabki tergov davomida, S.X. tuman xalq deputatlari kengashi deputati bo‘lgani sababli, uni deputatlik daxlsizligidan chiqarish va jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik olish uchun tuman xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma kiritilib, jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 364-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan harakatdan to‘xtatilgan.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 14 aprel kuni S.X. deputatlik daxlsizligidan chiqarilgani va jinoiy javobgarlikka tortish uchun tuman xalq deputatlari kengashidan rozilik olingani sababli, shu kuni ish yuzasidan tergov harakatlari tiklangan.
“Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid

11:05 / 13.06.2025
Toshkent viloyatidagi «og‘ir» toifadagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

20:55 / 12.06.2025
“1 soatda bitadigan muammoni 1,5 yildan beri cho‘zishmoqda” – Zangiotada tayyor yangi maktab ish boshlamayapti

21:03 / 04.06.2025
“Kilosini 20 ming so‘mdan sotardim” – eshak go‘shti sotib kelgan yigit iqrori

13:55 / 29.05.2025