Andijonda 40 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelayotgan "Lasetti" rusumli avtomobil to‘xtatilganda, uning ichida umumiy qiymati 40,5 million so‘mlik 108 dona “Neoton” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur avtomobil M.U. boshqaruvida bo‘lgan. Sifati kafolatlanmagan dori vositalari esa fuqaro A.A.ga tegishli bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq, Katta miqdorda Tramadol va Lirika dori vositalari to‘xtatib qolinganligini xabar qilgan edik.
Mavzuga oid

11:58
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

17:40 / 24.04.2025
Andijonda zilzila yuz berdi

09:04 / 18.04.2025
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

20:21 / 16.04.2025