Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 5,2 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari sarflanishida qoida buzilish holati aniqlangan

Foto: KUN.UZ
2021 yil 1-chorakda budjet mablag‘larini sarflashda Namangan viloyatida 5,2 mlrd so‘mlik qoida buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yil 1-chorakda budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma'lumotda aytilishicha, Namanganda 5,2 mlrd so‘m mablag‘ sarflanishida qonun buzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklarga aniqlangan.
Mahalliy budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 mlrd so‘m miqdorida, jumladan, Sirdaryo (40,2 mlrd so‘m), Jizzax (23 mlrd.so‘m), Andijon (19,8 mlrd so‘m), Toshkent (12,1 mlrd so‘m), Qashqadaryo (11,4 mlrd so‘m), Surxondaryo (8,9 mlrd so‘m), Farg‘ona (8,1 mlrd so‘m), Samarqand (7,9 mlrd so‘m), Xorazm (6,4 mlrd so‘m), Buxoro (6 mlrd so‘m), Namangan (5,2 mlrd so‘m), Navoiy (1,4 mlrd so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,5 mlrd so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,9 mlrd so‘m) qonunbuzilish holatlari qayd etilgan.
Mavzuga oid

09:39 / 01.07.2025
Namanganda qalbaki valuta sotuvchilar qo‘lga olindi

09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi

18:58 / 18.04.2025