Qoraqalpog‘istondagi OTMlarning biri koronavirus tufayli onlayn ta'limga o‘tdi

Nukus shahar Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik bo‘limiga ko‘ra, TATU Nukus filialida o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilgan. Markazning 17 maydagi xatida koronavirusning tarqalishini oldini olish sabab sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Bugun 19 maydan boshlab filialda o‘qish to‘liq onlaynga o‘tkazildi. Talabalarda Covid-19 aniqlangan, aniqlanmagani borasida qo‘shimcha ma'lumot berilmadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Beruniy tumanidagi 1-, 54-umumta'lim maktablari, Nukusdagi «Progress» ta'lim va rivojlantirish maktabi va 34-, 15-sonli maktablarda ta'lim masofaviy shaklga o‘tkazilgan edi.
Shundan keyin QQDUning koronavirus sabab masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazilgan fakultetlari soni 6 taga yetdi.
Mavzuga oid

21:08 / 11.06.2025
Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi – Saida Mirziyoyeva

08:04 / 11.06.2025
Tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir bo‘lgan hududlar ro‘yxati kengaymoqda

14:00 / 02.06.2025
Qoraqalpog‘istonda bambuk ekinzorlari barpo etiladi

10:30 / 02.06.2025