Uchko‘prikda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi vafot etdi

Uchko‘prikda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati ishki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, voqea 19 may kuni Uchko‘prik tumanida sodir bo‘lgan. Tumanning Katta Qo‘shtepa qishlog‘i hududidan o‘tayotgan, fuqaro X.A. «Damas» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan A.A. boshqaruvidagi «T-28» rusumli traktor bilan to‘qnashib ketgan. Buning oqibatida «Damas» rusumli avtomashina yo‘lovchisi B.U tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Xabarda aytilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, viloyatning Bog‘dod-Qo‘qon yo‘lida ham mudhish avariya sodir bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

13:41 / 28.04.2025
Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi

20:44 / 25.04.2025
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 170 dan ortiq kishi YTH sodir etgani uchun qamaldi

11:17 / 25.04.2025
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29 / 25.04.2025