BMT Taraqqiyot dasturi asosida Bo‘zatov, Qorauzoq va Chimboy tumanlaridagi asalarichilarga asalari uyalari topshirildi

Foto: KUN.UZ
Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov, Qorauzoq va Chimboy tumanlaridan bo‘lgan 8 nafar fermerga asalarichilikni rivojlantirish uchun 80 ta asalari uyasi topshirildi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturi matbuot xizmati xabar berdi.
Fermerlar loyihasini BMT Taraqqiyot dasturi va BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) tanlov komissiyasi tasdiqlagan. Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan tanlov tashkilotlar tomonidan fevral oyida «Orol dengizi mintaqasidagi mahalliy hamjamiyatlarning ekologik, iqtisodiy zaifliklari, shuningdek, aholi salomatligi masalalariga chidamliligini kuchaytirish» qo‘shma dasturi doirasida o‘tkazilgan. Hamkorlikda moliyalashtirish uchun jami 27 ta biznes-loyiha tasdiqlangan.
«Murakkab ekologik va iqtisodiy vaziyatga ega mintaqa uchun asalarichilikning o‘ziga xos ahamiyati mavjud. Bu shunchaki barqaror daromad olib keladigan biznes bo‘libgina qolmay, atrof-muhitni yaxshilash, ekologik tozalik va sog‘lik uchun foydali mahsulotlardan foydalanish imkonini berishga sarmoya kiritishdir. Chunki asalarichi asaldan tashqari, mum, propolis oladi, omadi kelsa, farmkompaniyalar uchun zarur bo‘lgan asalari zaharini sotishni yo‘lga qo‘yishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

21:46 / 02.06.2025
Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi

01:02 / 30.05.2025
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi

13:25 / 29.05.2025