Jizzax va Navoiyda kuzatilgan kuchli shamol natijasida ayrim uylar va transport vositalariga zarar yetdi
Kuni kecha respublikaning Jizzax hamda Navoiy viloyatlarida 18-23 m/s tezlikda kuchli shamol esishi kuzatildi. Buning natijasida ayrim aholi yashash xonadonlari va transport vositalariga zarar yetgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, kuchli shamol oqibatida Jizzax shahri Olmazor mahallasida joylashgan 1-ko‘p qavatli uyning 300 kvadrat metr maydondagi tomyopmasi qulab tushdi. Hodisa oqibatida shu uy oldida bo‘lgan «Lacetti» va «Kobalt» rusumli avtomobillarga texnik zarar yetgan.
Bundan tashqari, Navoiy viloyati, Uchquduq tumani “Yo‘lchilar” OFY, “Do‘stlik” MFY, “Aytim” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida ham shunday holatlar kuzatilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Bildirilishicha, ushbu holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 2ta maxsus texnika va 16 nafar qutqaruvchi jalb etilgan. Ayni vaqtda voqea joyida zaruriy tadbirlar amalga oshirilib, ishlar davom etayotgani aytiladi.
Mavzuga oid

09:27
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

21:08 / 09.05.2025
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi

11:11 / 06.05.2025