Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan 61 ming gektar yerni o‘zlashtiryapti, Surxondaryo nimani kutyapti? – Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida viloyat faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati (arxiv)
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, davlat rahbari Surxondaryo viloyatidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi qoloqliklarni tanqid qildi.
“Aktam Hayitov, sen ham Qashqadaryoda o‘sgan qishloq yigitisan, aholiga tushuntir, mehnat qilishni o‘rgansin. Mahalla ichida tomorqa qilsa bo‘ladimi, yo‘qmi? Men buning uchun 50 mlrd so‘m ajratishga tayyorman.
Axir kecha eshitdinglar-ku, aholi ish bilan band bo‘lsa, xarid qobiliyati bo‘lsa, mahalladan mahsulot chiqish tizimi bo‘lsa, daromad bo‘lsa, jinoyatchilik bo‘lmaydi, muammo bo‘lmaydi. Namanganni borib o‘rganinglar, qancha o‘zlashtirilmagan yerlar qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da o‘zlashtirildi.
[Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat] G‘aniyev, hozir Namanganda, Farg‘onada o‘zlashtirilmagan yer qoldimi?”.
Shuhrat G‘aniyev: “Namanganda 61 ming gektar yer o‘zlashtirildi. Farg‘onada o‘zlashtirilmagan joy qolmadi, 1,5 ming metr balandlikdagi tog‘larga ham bodomzorlar tashkil qilinyapti”.
“Ana, Namangan 61 ming gektar yerni yo‘q joydan o‘zlashtiryapti. Nega borib o‘rganmaysizlar? Namanganda birorta yirik korxona yo‘q, lekin tadbirkorlik bilan natijaga erishyapti ular. Surxondaryo nimani kutyapti?”, – dedi prezident.
Mavzuga oid

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

20:36 / 04.07.2025
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025