Rossiya va Belarus maxsus xizmatlari G‘arbning harakatlariga qarshi birgalikda kurashishga kelishib oldi
Maxsus xizmatlar rahbarlari Rossiya va Belarus milliy manfaatlarini ta'minlash sohasidagi hamkorlik natijalari va istiqbolini muhokama qildi.

Vitebskda Rossiya tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin va Belarus DXQ raisi Ivan Tertel o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlari G‘arbning buzg‘unchilik faoliyatiga qarshi birgalikda kurashishga kelishib oldi, deb xabar berdi Interfaks.
"Rossiya TRX va Belarus DXQ an'anaviy qardoshlik munosabatlari ruhida G‘arbning ittifoq davlati makonidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan buzg‘unchilik faoliyatiga qarshi birgalikda kurash olib borishga kelishib oldi", - deyiladi DXQ xabarida.
Xabarda aytilishicha, "maxsus xizmatlar rahbarlari AQSh va G‘arb davlatlarining tajovuzkor siyosati sharoitida Rossiya va Belarus milliy manfaatlarini ta'minlash sohasidagi hamkorlik natijalari va istiqbolini muhokama qildi".
Mavzuga oid

14:06
Mishustin Rossiya iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri ekanini ma’lum qildi

13:41
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

10:07
Rossiyada mehnat migrantlari uchun o‘z maqomini qonuniylashtirish muddati uzaytirildi

20:47 / 28.04.2025