«Bolalarim yetim, ayolim beva bo‘lib qolmasin» – Hindistonda qolgan hamyurtimizga ko‘mak zarur
Ayni paytda Maribjon Darmonov Hindistonda murakkab operatsiya uchun tayyorlanmoqda. Uning turmush o‘rtog‘i Munojatxon Darmonova o‘z jigarini berib, erining hayotini saqlab qolmoqchi.

«Shahrixonlikmiz, erim Maribjon Darmonov 6 yildan beri jigar sirrozi xastaligi bilan davolanib keladi. Oxirgi 1,5 yilda butkul yotib qoldi, qornidan muttasil zardob olib turadigan bo‘ldik. Andijonda, Toshkentdagi Vohidov nomli markazda davolandik. Shifokorlar yagona chora jigar almashtirish ekanini aytishdi.
Bor budimizni to‘plab Hindistonga keldik. Tekshiruvlardan o‘tdik, mening hamma tahlillarim jigarim erimga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi. Hozir jigarimning bir qismini berishga tayyorman. Faqat operatsiya uchun mablag‘, yashash, dori-darmonlarga juda qiynalyapmiz. Xudo xayringizni bersin, bizga yordam qiling», – deydi Munojatxon yig‘lab.
«Ikki nafar farzandim bor. Ayolim bilan yangi ro‘zg‘or qilib chiqqanmiz. Bu kasallik tufayli necha yillarki bolalarimni erkalay olmayman, quchib ko‘tara olmayman. Bolalarim yetim bo‘lib qolishini o‘ylasam, ko‘zlarim yoshga to‘ladi. Ayolim ham juda yosh, turmush yuki, mening tashvishim shunga tushdi. Eson-omon operatsiyalarni o‘tkazib olib, bolalarim yoniga sog‘ayib qaytsam, mendan baxtli odam yo‘q», – dedi Maribjon biz bilan suhbatda.
Maribjon Darmonovga oid ma'lumotlar:
Agrobank: 8600041756748944 (Saodat Yoqubova nomida)
Sberbank: 4817760349851430 (Bahromjon Umarov nomida)
Viza: 4231200000980671 (Sohiba Itolmasova nomida)
Telefon: +998999825386
Er-xotinning bir-biriga tirgak bo‘lgani juda ibratli. Lekin bechora ayolning musofir yurtda, bemor bilan sarson bo‘lishi juda og‘riqli. Saxovatli o‘zbek xalqi o‘zining bir farzandiga albatta yordam qo‘lini cho‘zishiga ishonamiz.
Abror Zohidov
Mavzuga oid

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025
AQShda qorbo‘ronli havoda pitssa tashigan kurerga 2 dollar choychaqa berishganidan so‘ng internetda unga 40 ming dollar xayriya yig‘ildi

20:35 / 30.12.2024