Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand YeTTBning «Yashil shaharlar» dasturiga qo‘shildi
Samarqand Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning qiymati 3 milliard yevroni tashkil qiluvchi «Yashil shaharlar» dasturiga qo‘shilish orqali barqaror rivojlanishni rejalashtirishni takomillashtiradigan O‘zbekistondagi birinchi shahar bo‘ldi.

Samarqand dasturning 48-ishtirokchisiga aylandi, bu dushanba kuni YeTTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterinkning tashrifi chog‘ida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi bilan tasdiqlandi.
Yurgen Rigterink 7-9 iyun kunlari YeTTBning O‘zbekistonga kelgan yuqori rahbariyat delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda. Ushbu qadam 2050 yilgacha O‘zbekistonga uglerod neytralligini qo‘lga kiritishda yordam beradi, deyiladi YeTTB ma'lumotida.
Barqaror rivojlanish dasturiga qo‘shilish orqali shaharlar YeTTB moliyaviy ko‘magi bilan pilot loyihani amalga oshirmoqda. Samarqand misolida - elektr avtobuslariga sarmoya kiritilishi kutilmoqda, shuningdek, Shaharni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha harakatlar rejasi ishlab chiqiladi. Endi ekologik muammolarni samarali hal qilish uchun Samarqand yakka tartibdagi ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha harakatlar rejasi dasturini ishlab chiqishni boshlaydi.
Mavzuga oid

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:50 / 30.07.2025
Samarqandda 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirildi

15:32 / 30.07.2025
“Samarqandda bolalar dam oladigan joy yo‘q” - Adiz Boboyev yangi parklar tashkil etishni buyurdi

09:49 / 30.07.2025