O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 27 millionga yaqinlashdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln 953,5 mingtani tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 10,8 foizga yoki 2 mln 636,8 mingtaga oshgan.

Shu jumladan, aholi orasida 24 mln 795,4 ming abonent qayd etilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 6,1 foizga yoki 1 mln 424,1 mingtaga oshgan.
Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan ta'minlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.
Yillar kesimida mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni quyidagicha:
- 2019 yil 1 aprel - jami 21 960,2 ming, aholida 21 331,2 ming;
- 2020 yil 1 aprel - jami 24 316,7 ming, aholida 23 371,3 ming;
- 2021 yil 1 aprel - jami 26 953,5 ming, aholida 24 795,4 ming.
Mavzuga oid

20:59 / 29.04.2025
O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish oshgani qayd etildi

09:45 / 29.04.2025
O‘zbekistonda 10 yilda xorijlik talabalar soni qariyb 18 barobarga oshdi

21:43 / 28.04.2025
O‘zbekiston ilk marta BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylandi

19:32 / 19.04.2025