Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 120 o‘rinli yangi “Saxovat” uyi foydalanishga topshirildi
Prezident tanqididan so‘ng eski “Saxovat” uyi yangi va zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.
Bundan 4 oy muqaddam, prezident “Saxovat” uyida yashovchi keksalar bilan muloqot qilgan edi. Suhbat chog‘ida ularga zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi bino qurib berilishini aytgan edi.
Mana, roppa-rosa 4 oy o‘tgach, Namangan shahrining “Orzu” mahallasida yangi “Saxovat” uyi qurib bitkazildi. 1 gektar yer maydonni egallagan ushbu dargoh 120 o‘ringa mo‘ljallangan.
Yangi “Saxovat” internat uyida yashovchilar uchun 4 ta kottej qurilgan bo‘lib, har bir yashovchiga alohida xonalar tashkil etilgan. Har bir kottejda muolaja va fizioterapiya xonalari bor.
Bundan tashqari, trenajyor zallari, suv havzasi, zamonaviy oshxona, kutubxona va yashovchilar bo‘sh vaqtlarida ko‘ngilli hordiq chiqarishlari uchun dam olish zallari tashkil etilgan.
Mavzuga oid

09:39 / 01.07.2025
Namanganda qalbaki valuta sotuvchilar qo‘lga olindi

09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi

18:58 / 18.04.2025