Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand va Namangan viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
Namangan va Samarqand viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyatini sodir etgan fuqaro A.N. ushlangan. U fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga 7 000 AQSh dollari evaziga Kosonsoy tumani, «Jar» MFY hududidan uy-joy qurish uchun tanishlari orqali 10 sotix yer maydoni ajratib berishni va'da qilib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, departament hamda DXX Urgut tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, firibgarlik jinoyatini sodir etgan tumandagi «N.» oilaviy korxonasi rahbari S.N. ushlangan. U «J.» agrofirmasi hududidagi limon yetishtirishga ixtisoslashgan 1,48 gektar yer maydonini fuqaro M.ga 12 000 dollarga firibgarlik yo‘li bilan sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28- va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

17:51 / 07.07.2025
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

22:00 / 05.07.2025