Chilonzorda 1 gektar yerni 1,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan mansabdorlar 8 yilga “kesilgani” ma'lum bo‘ldi
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Kapital qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Chilonzor tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i 2020 yil 25 iyun kuni Chilonzor tumanidagi 1 gektar yer maydonini 1,4 mln dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan edi.

Illyustrativ foto
Bir yil oldingi voqeada ular 50 ming AQSh dollarini olayotganda qo‘lga tushgandi.
Kun.uz bu jinoyat ishi doirasidagi keyingi voqealar rivoji bilan qiziqib, Toshkent shahar sudining jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh maslahatchisi Sadoqat Allaberganovaga murojaat qildi.
Unga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining hukmi bilan har ikkala mansabdor bir xil – JKning 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 1 yil mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Avvalroq, Kun.uz pora bilan qo‘lga tushgan Buxoro viloyat DSENB boshlig‘i 3 yilga qamalganini xabar qilgandi.
Mavzuga oid

20:34 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi

08:50 / 24.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiq suv ta’minoti tiklanadi

17:44 / 22.04.2025
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda

17:42 / 22.04.2025