Jizzaxda Isuzu haydovchisi uxlab qolib sodir etgan YTHda bir kishi vafot etdi

Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududida Isuzu haydovchisi uxlab qolib «Damas»ga urilgan. Oqibatda «Damas» yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Paxtakor tumani hududidan o‘tgan 964-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani «Oq oltin» QFYda yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Isuzu o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi «Oltiariq» MFYda yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan «Damas» mashinasining orqa tomonidan borib urilgan.
Oqibatda «Damas»da yo‘lovchi sifatida ketayotgan Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani «Yangiqo‘rg‘on» MFYda yashovchi fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, mazkur yo‘l-transporti hodisasining sodir bo‘lishiga Isuzu haydovchisining uxlab qolishi sabab bo‘lgan.
Jizzaxda somon ortgan «ZIL» ag‘darilib ketdi va M39 xalqaro avtomobil yo‘lida qatnovni to‘sib qo‘ydi
Mavzuga oid

19:10 / 13.05.2025
Qozog‘istonda onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

21:08 / 09.05.2025