Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviya sohillari yaqinida 57 nafar muhojir cho‘kib ketdi

Foto: Getty Images
Liviya sohillari yaqinida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan kemaning ag‘darilib ketishi oqibatida 57 kishi, jumladan 20 ayol va 2 bola halok bo‘ldi. Qochqinlardan bir qismini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lingan.
Xalqaro migratsiya tashkiloti matbuot kotibi Safi Msexlining ta'kidlashicha, Xoms shahri yaqinida yuz bergan fojiada 57 nafardan ko‘proq odam halok bo‘lgan.
Ayni vaqtda Liviya afrikalik muhojirlarning Yevropaga yetib olishidagi asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq 2021 yilda Yevropa ittifoqini kesib o‘tgan noqonuniy muhojirlar soni 2 marotaba ko‘paygani ma'lum qilingandi. O‘rta Yer dengizining g‘arbiy qismi orqali Yevropaga asosan jazoirliklar va marokashliklar, sharqiy qismi orqali esa suriyaliklar va turklar yo‘l oladi.
Shuningdek, Yevropada minglab qochqin bolalar yo‘qolib qolgani ma'lum qilingan. Ulardan aksariyati Marokash, Jazoir va Eritreyadan kelgan bolalar bo‘lgan.
Mavzuga oid

12:23 / 01.07.2025
Liviya qirg‘oqlari yaqinida Vilamoura tankeri bortida portlash sodir bo‘ldi

23:02 / 12.06.2025
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT

11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi

13:56 / 17.05.2025