Bill Geyts rasman ajrashdi

Foto: Global Look Press
Microsoft kompaniyasi asoschisi, dunyoning eng boy odamlaridan biri Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda French Geyts rasman ajrashish jarayonini yakunlashdi.
CNN Business telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, 2 avgust kuni ularning ajrashish haqidagi qarori sud tomonidan ma'qullandi.
Telekanalning sud hujjatlariga tayanib xabar berishicha, sobiq er-xotindan birortasi bir-biriga aliment to‘laymaydi. Ajrashish jarayonining boshqa moliyaviy tomonlari ma'lum qilinmagan.
Shuningdek, hujjatlarda Melinda Geyts o‘z familiyasini o‘zgartirmoqchi emasligi ko‘rsatilgan.
Juftlik 27 yillik birgalikdagi turmushdan keyin ajrashishi haqida may oyida e'lon qilgandi. Juftlikning bu boradagi bayonotida ular bunday qarorga “juftlik sifatida ortiq o‘sa olishlariga ishonmayayotganlari” sababli kelganlari aytilgan.
Biroq OAVning xabar berishicha, juftlikning ajrashishiga Bill Geytsning odam savdosida ayblangan moliyachi Jyeffri Epshteyn bilan aloqaga ega bo‘lgani hamda Microsoft xodimalaridan biri bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lgani sabab bo‘lishi mumkin.
Bill va Melinda Geyts o‘zlarining birgalikdagi jamg‘armalari doirasida o‘zaro faoliyatni davom ettirishlarini ta'kidlab o‘tishgan.
Bill Geyst Melinda bilan u Microsoft’da 1987 yilda faoliyatini boshlaganda tanishgan. Juftlik 1994 yilda turmush qurgan. Hozir ularning ikki qiz va bir o‘g‘il farzandi bor.
Ayni vaqtda Bill Geytsning boyligi 131 mlrd dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid

22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi

23:19 / 01.03.2025