Toshkentda «Neksiya 3» bilan to‘qnashgan «Matiz» ag‘darildi

2021 yil 13 avgust kuni soat 19:00larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
IIV YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi "Neksiya 3" hamda haydovchi 1987 yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvida bo‘lgan "Matiz" rusumli avtomobillar to‘qnashgan va zarb oqibatida "Matiz" avtomobili ag‘darilgan.
Natijada, "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi B.M. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi

14:51 / 11.04.2025
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024