Tokiodagi Paralimpiada tomoshabinlarsiz o‘tadi
Tokiodagi Paralimpiada musobaqalari vaqtida stadionga tomoshabinlar qo‘yilmaydi. Bu haqda O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi ma'lum qildi. Bunday chora mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli qabul qilingan.

“Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib Paralimpiadani tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilindi”, deb aytilgan xabarda.
Gap Tokiodagi va unga qo‘shni Tiba, Saytama va Sidzuoka prefekturalaridagi arenalar haqida bormoqda.
NHK telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Paralimpiadaga umumiy hisobda 770 mingga yaqin chipta sotilgan. Endi chipta uchun sarflangan barcha mablag‘lar xaridorlarga qaytariladi.
XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari 25 avgustdan 6 sentyabrgacha qadar davom etadi. Ularda 160ta davlatdan 4,4 ming sportchi ishtirok etadi. Sportchilar 22ta sport turi bo‘yicha 540ta medallar komplekti uchun o‘zaro musobaqalashishadi.
12 iyuldan Tokioda koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paygani sababli favqulodda holat amal qilmoqda. Oxirgi haftalarda Yaponiya poytaxtida rekord darajada kunlik kasallanish holatlari qayd etilmoqda. 13 avgustda mamlakatda va xususan Tokioda rekord sonda kunlik kasallanish holati qayd etildi – mos ravishda 20293ta va 5773ta. Bu Olimpiada boshlanishi oldidan mamlakatda qayd qilingan kunlik kasallanish darajasidan 3 marta ko‘proqni tashkil qiladi.
23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tgan Tokio Olimpiadasining aksariyat musobaqalari tomoshabinlarsiz o‘tgandi.
Mavzuga oid

21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

10:54 / 09.12.2024
Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish va ishlaydigan onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi

18:15 / 13.09.2024